O‘zbekiston | 17:30 / 17.06.2015
3231
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston jahon osoyishtalik reytingida 113-o‘rinni egalladi

Iqtisodiyot va tinchlik institutining 2015 yilgi Global Peace Index jahon mamlakatlarining tinchlik va osoyishtalik reytingi e'lon qilindi. Tegishli hisobot tashkilotning rasmiy veb-saytida joylashtirildi.

Ro‘yxatning tepasida Islandiya, Daniya va Avstriya turibdi. Ular dunyodagi eng tinchliksevar mamlakatlar deb tan olindi. Kuchli o‘nlikka, shuningdek, Yangi Zelandiya, Shveytsariya, Finlyandiya, Kanada, Yaponiya, Avstraliya va Chexiya kirdi.

O‘zbekiston reytingda 113-pog‘onani band etdi. Qo‘shni mamlakatlardan Qozog‘iston 87-o‘rinni, Qirg‘iziston 121-o‘rinni, Tojikiston 108-o‘rinni, Turkmaniston 106-o‘rinni egalladi.

Azaliy raqiblar Rossiya va AQSh, muvofiq tarzda, 152 va 94-o‘ringa munosib ko‘rildi. Xitoy ro‘yxatda Rossiyaning yaqin qo‘shnisiga aylandi – 153-natija.
Dunyodagi eng agressiv davlatlar sifatida Suriya (162), Iroq (161) va Afg‘oniston (160) e'tirof etildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish