O‘zbekiston | 12:36 / 17.06.2015
2393
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Xitoyga xom ashyo yetkazib berishni oshiradi

O‘zbekiston Xitoyga xom ashyo mahsulotlari yetkazib berish hajmlarini o‘stirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov Xitoyning Jichjao shahrida o‘tkazilgan Xitoy-O‘zbekiston biznes-forumida bayonot berdi.
“O‘zbekiston Xitoy bozoriga paxta tolasi, mineral o‘g‘itlar, uran konsentrati, tabiiy gaz, rangli, kamyob metallar va Xitoyning tez sur'atlarda o‘sayotgan iqtisodiyoti uchun zarur bo‘lgan boshqa mahsulotlarni yetkazib berish hajmlarini oshirishga tayyor”, – uning so‘zlarini keltiradi Sinxua agentligi.
Uning so‘zlariga qaraganda, oxirgi olti yil davomida ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasi besh barobarga o‘sib, 2014 yili 4.7 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu o‘sish, xususan, 2009 yili imzolangan strategik tovarlar savdosining uzoq istiqboldagi rivoji to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi bilan bog‘liq.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish