O‘zbekiston | 18:15 / 17.06.2015
1495
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda aviakompaniya xodimlari sog‘lig‘i chuqurroq tekshiriladigan bo‘ldi

O‘zbekiston fuqarolik aviatsiyasi aviatsion personali tibbiy tekshiruvi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Telegraf.uz resursi ma'lumot keltirdi.

Endilikda aviapersonalni giyohvand yoki psixotrop moddalar iste'mol qilganlik bo‘yicha tekshiruvi asoslangan gumon bo‘lganda, aviatsion voqea yuz berganda, ishga qabul qilishda amalga oshiriladi. Muntazam ko‘rik 10 kun ichida o‘tkazilib, maxsus ma'lumotnoma bilan rasmiylashtirilishi kerak. Ilgari 14 kun chegara deb belgilab berilgan edi.

Shuningdek, muayyan kasalliklarga chalinib, davolangan ayollar uchish va dispetcherlik ishiga to‘rt oy mobaynida yaroqsiz hisoblanadi. Keyinchalik kasallikning salbiy oqibatlari namoyon bo‘lmasa, bunday xodimning ish faoliyati qaytadan boshlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish