09:45 / 17.06.2015
2729

O‘zbekistonda internet-biznes rivojlanmoqda

O‘zbekistonda onlayn savdoni yengillashtirish borasidagi qonunning qabul qilinishi elektron tijoratning rivojlanishini tezlashtiradi, deb hisoblaydi Central Asia Online nashri mualliflaridan biri.

“O‘zbekiston elektron tijorat sohasida rivojlangan davlatlardan sezilarli ortda qolmoqda, – deydi “Ekonomicheskiy vestnik” jurnali sharhlovchisi Rustam Fayziyev. – Bugun o‘zbekistonliklar boshqa mamlakat aholisi uchun odatiy bo‘lib qolgan ko‘plab xizmatlardan foydalana olmaydi. Masalan, ular bank plastik kartalari yordamida internet orqali xaridlarni amalga oshira olmaydi. Asosiy muammo sohaning qonunchilik asosi yaratilmaganligidadir. Yaqingacha internetda biznes qilish birorta qonunda ko‘rsatilmagan edi”.

Yangi qonun ustida taxminan ikki yil ishlandi.

“O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun eng muhim yangilik elektron hujjatlarni qog‘oz muqobillariga tenglashtirilishi bo‘ldi, – deydi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirishi vazirligi vakili Aziz Sayjonov. – Endi savdo-sotiq shartnomasini tuzish uchun foydalanuvchi elektron shaklni imzolashining o‘z yetarli, va bu qonuniy hisoblanadi”.

May oyida qabul qilingan qonun savdo munosabatlarini ancha yengillashtirishi aytilmoqda.

Top