Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida innovatsiya patentlanadi
O‘zbekiston intellektual mulk agentligining ma'lumotlariga qaraganda, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi umumiy va noorganik kimyo institutida yaratilgan yangi dori vositasi paxta ekinini ikkita jiddiy kasallik – gommoz va ildiz chirishidan himoya qiladi. IONX urug‘dorilagichi kam xavfli, preparat hisoblanadi, uni olishda esa respublikada ekiluvchi o‘simliklardan foydalaniladi.
Yuqorida tilga olingan kasalliklar paxta hosilining 18-22 foizini nobud qilishi mumkin. Yangi preparatning qo‘llanilishi bunday yo‘qotishlarning oldini oladi.
Ayni paytda innovatsion dori vositasi patenlanmoqda.