Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: Rossiya tahdid kelayotgan hududlarni nishonga oladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga qaraganda, rasmiy Moskva o‘z hujum vositalari yordamida tahdid kelayotgan hududlarni nishonga oladi. Bu haqda u Finlyandiya prezidenti Sauli Niiniste bilan birgalikda bergan matbuot anjumani chog‘ida bayonot berdi.
“Agar birov bizning hududimizga tahdid solsa, demak, muvofiq tarzda biz ham o‘z qurolli kuchlarimizni, zamonaviy hujum vositalarimiz bilan bizga tahdid bo‘layotgan hududni nishonga olamiz”, – uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa hududida NATOning aksilraketa mudofaasi tizimining yaratilishi Rossiyani tashvishlantirmoqda.
“NATO chegaralarimizga yaqinlashmoqda, buning aksi emas”, – qo‘shimcha qildi u.