19:30 / 17.06.2015
7036

Ramzon Qodirov Timatiga qarshi ringga chiqdi

Checheniston prezidenti Ramzon Qodirov Timati bilan ringda do‘stona mushtlashuv o‘tkazdi. Bu haqda u o‘z instagramiga yozgan.

"Biz hozirgina ringdan tushdik. Timati tirik! Hatto soppa-sog‘ ham. Boshqacha bo‘lishi mumkin ham emasdi. Men hamisha xalq bilan hisoblashaman. Xalq esa Timatini yaxshi ko‘radi. Men xalqning sevimlisini nokautga yubora olmas edim", deb yozadi Qodirov.

O‘z navbatida, Timati ham o‘z instagrami orqali bu jang o‘tkazilganini tasdiqlaydi va hazilomuz tarzda Qodirovga qarshi ringga ko‘tarilishdan oldin har ehtimolga qarshi o‘z sevgilisi bilan xayrlashib olganini bildiradi.

Top