Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada o‘zbekistonlik muhojir 4 nafar vatandoshini qasddan o‘ldirgani bois 25 yilga qamalib ketdi
Rossiyaning Leningrad viloyatida 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 4 nafar vatandoshini qasddan o‘ldirgani uchun sud oldida javob berdi. Keyingi 25 yil umrini u og‘ir rejimli koloniyada o‘tkazadi.
Aytilishicha, voqea 2012 yilning 29 sentabrdan 30 sentabrga o‘tar kechasi Kingissep tumanidagi Bolshoye Kozemkino qishlog‘ida ro‘y bergan. Ayblanuvchi bir nechta tanishi bilan yashash uchun moslashtirilgan vagon ichiga kirib, 4 nafar O‘zbekiston fuqarosini garovga olgan.
Ularni mashinaga o‘tkazib, jinoyatchi haydovchiga Peterburg-Narva avtoyo‘li bo‘ylab Sankt-Peterburgga yo‘l olish haqida ko‘rsatma bergan. Yo‘l-yo‘lakay u har 200-600 metrda mashinani to‘xtatib, garovdagilardan birini o‘rmon ichiga olib kirib ketavergan.
O‘rmon ichida jinoyatchi qurbonlarining boshiga va tanasiga pichoq va bolta yordamida jarohatlar yetkazgan. Shu tariqa u to‘rt asirining hayotiga zomin bo‘lgan.
Qotillikning asosiy motivi sifatida tergov tomonidan qurbonlar qurilish ishlarida jinoyatchining vositachilik qilishiga rozi bo‘lmaganliklari keltirilmoqda.
Qayd qilinishicha, 35 yoshli jinoyatchi ilgari ham qotillik tufayli sudlangan.