Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sobiq Toshkent traktor zavodida 2016 yili konstruktor byurosi yaratiladi
Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodida (Sobiq Toshkent traktor zavodida) keyingi yili byurosi yaratilib, unda sinov ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Loyiha 2015-2019 yillarda struktur o‘zgarishlarni ta'minlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish dasturiga kiritilgan.
Loyihaning umumiy qiymati 3.7 mln dollarni tashkil qiladi. Ulardan 0.9 mln dollari kompaniyaning o‘z mablg‘alari hisobidan, 2.8 mln esa mahalliy tijorat banklari kreditlari hisobidan qoplanadi.
“O‘zagroprommashxolding” xolding kompaniyasi ma'lumotlariga qaraganda, 2016 yili Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi yetakchi xalqaro ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda traktorlar, don va paxta yig‘uvchi mashinalar, tirkamalar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Ushbu loyiha 87.6 mln dollarga baholanmoqda. Korxonaning shaxsiy mablag‘laridan 46.8 mln dollar, tijorat banklari kreditlaridan 30.7 mln dollar, xorijiy investitsiyalardan 10.1 mln dollar loyihani moliyalashtirishga sarflanadi.
Birinchi bosqichdagi modernizatsiya va rekonstruksiya yiliga 5 ming traktor, 1 ming paxta yig‘uvchi mashina va 2 ming tirkama ishlab chiqarishga imkon beradi.