Jahon | 18:16 / 17.06.2015
2488
1 daqiqa o‘qiladi

Tbilisi hayvonot bog‘idan qochib ketgan pingvin Ozarbayjonga qadar suzib bordi

Toshqin paytida Tbilisi hayvonot bog‘idan qochib ketgan Afrika pingvini Gruziya va Ozarbayjon chegarasidagi Qizilko‘prik yaqinida topilgan. Buni “Gruziya-Online” portali ma'lum qildi.
“15 daqiqa oldin qo‘ng‘iroq qilib, Qizilko‘prik yaqinida pingvin suzib yurganini ma'lum qilishdi. U tirik. Guruh voqea joyiga yo‘l oldi, u pingvinni Tbilisiga qaytaradi”, – deyiladi hayvonot bog‘i tarqatgan xabarnomada.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish