Jahon | 16:14 / 17.06.2015
2145
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy “Shimol-Janub” avtoyo‘lining qurilishiga 300 mln dollar ajratadi

Jichjao shahrida bo‘lib o‘tgan Xitoy-Markaziy Osiyo hamkorligi bo‘yicha III forumi chog‘ida Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Valeriy Dil XXR Kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi siyosiy byurosi a'zosi Men Tszyanchju bilan uchrashdi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumat portalida axborotnoma chop etildi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Shuningdek, Qirg‘izistondagi infrastruktur loyihalarni amalga oshirishni davom ettirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra Xitoyning Qirg‘izistonga imtiyozli kredit taqdim qilishi borasida kelishuvga erishildi.

“Shimol-Janub” avtomagistral yo‘lining Orol-Qazarman (195-291 km) uchastkasida qurilish va qayta tiklash ishlarini davom ettirish uchun imtiyozli kredit shartnomasi imzolandi.

Qirg‘iziston moliya vazirligi qarz oluvchi, Xitoy Eksport-import banki kredit hisoblanadi. Loyihaning umumiy qiymati 284-300 mln dollarga baholanmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish