O‘zbekiston | 11:51 / 18.06.2015
5124
1 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekiston temir yo‘llari”dan davlat ulushi chiqarib tashlandi

Joriy yilning 11 iyun kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi boshqaruvining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kompaniya emitent nomining o‘zgartirilishi ma'lum qilindi.

Endilikda u davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi emas, balki aksiyadorlik jamiyati deb ataladi. “O‘zbekiston temir yo‘llari”dan davlat ulushi butunlay chiqarib tashlandi, boshqaruv esa to‘laligicha aksiyadorlarga topshirildi.

Aktsiyadorlar kim bo‘lishi haqida hozircha ma'lumotlar yo‘q. Yangi kompaniya strukturasi ishlab chiqilmoqda.
“Darakchi” nashrining ma'lum qilishicha, kompaniya rahbari sifatida Ramatov A. J. qoldirilgan.