14:08 / 18.06.2015
2903

Afg‘onistondan kirib kelayotgan giyohvand moddalarning bir foizi O‘zbekistonning o‘zida qoladi

Afg‘onistonda o‘stirilgan va tayyorlangan giyohvand moddalarning kamida bir foizi O‘zbekistonda qoladi. Bu haqda “Pravda Vostoka” gazetasida yozildi.
Ma'lum qilinishicha, giyohvand moddalar miqdorini kamaytirish uchun tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar muntazam ravishda amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, 1995 yildayoq ushbu masalalarni reglamentatsiya qiluvchi xalqaro kelishuvlar me'yorlarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish borasida ishlar olib borildi. Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslarning yangi tahrirlari, shuningdek, “Giyohvand vositalar va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
Shu va boshqa chora-tadbirlar tufayli mamlakatning minglab fuqarolari giyohvandlikdan qutqarildi. 2001-2013 yillarda giyohvand moddalarga ruju qo‘yganlar soni sezilarli darajada qisqardi.

Top