09:58 / 18.06.2015
1891

Amerika kubogi-2015. Kolumbiya Braziliyani 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi

18 iyun kuni Amerika kubogi-2015 musobaqasining "S" guruhida Braziliya terma jamoasi Kolumbiya bilan kurash olib bordi.

O‘yinda yagona gol 36-daqiqada Murilo tomonidan kiritildi. Endilikda guruhda 3 ochkodan jamg‘argan bu ikki jamoa 2 va 3 o‘rinlarni bo‘lishib turibdi. Gurug‘ning yana ikki jamoasi bo‘lmish Venesuela va Peru o‘rtasidagi bellashuv 19 iyun kuni o‘tkaziladi.

Amerika kubogi, 2-tur. "C" guruhi
Braziliya – Kolumbiya 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 36 Murilo. 
Braziliya – Djyefferson, Dani Alves, Miranda, Tiago Silva, Filipe Luis, Firmino, Fernandino, Fred (Koutino, 46), Villian (Duglas Kosta, 69), Elias (Tardelli, 76), Neymar.
Kolumbiya – Ospina, Murilo, Armero, Sapata, Suniga, Kuadrado, Sanches, Valensiya (Mexiya, 80), Xames, Falkao (Ibarbo, 69), Guterres (Bakka, 76).
Ogohlantirishlar: Guterres (20), Fernandino (33), Firmino (41), Neymar (45).
Chetlatish: Neymar (90), Bakka (90).

Top