08:56 / 18.06.2015
2047

AQShda oxirgi 7 yil ichida ilk bor tug‘ilish darajasining o‘sishi qayd etildi

AQSh oxirgi 7 yil ichida hukm surgan “tug‘ilishning pasayishi” holatidan chiqib ketdi, deb xabar bermoqda CBS telekompaniyasi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2014 yilda AQShda 2013 yildagiga nisbatan 53 ming ko‘proq chaqaloq dunyoga kelgan hamda bu ko‘rsatkich 2007 yildan beri birinchi o‘sish bo‘ldi.

Tahlilchilar tug‘ilishning pasayishini asosan oxirgi yillardagi murakkab iqtisodiy vaziyat bilan bog‘lashgandi.

2014 yilda AQShda 4 mln.ga yaqin bola tug‘ildi. Tug‘ilish darajasi 1 foizga ko‘tarilgan. Shu bilan birga o‘smirlar orasidagi homiladorlik va tug‘ruqlar ko‘rsatkichi hamda kesarcha operatsiyalar va muddatidan avvalgi tug‘ruqlar miqdori o‘zining tarixiy minimumigacha pasaygani qayd qilindi.

Top