Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BlackBerry 2015 yili yangi slayder telefon ishlab chiqaradi
BlackBerry kompaniyasi joriy yilning noyabrida yangi Venice slayderini sotuvga chiqaradi. Bu haqda kompaniya mahsulotlariga ixtisoslashgan N4BB portali darak bermoqda.
Yangi apparat 5.4 dyuymli 2560x1440 nuqtali yechimga ega displey bilan, 18 mP li kamera, 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 808 protsessori va 3 gB operativ xotira bilan ta'minlanadi. Surib chiqariladigan panelda QWERTY-klaviaturaga ega blok bo‘ladi.
Venice taqdimoti shu yilning mart oyida Barselonada bo‘lib o‘tgan Mobile World Congress konferensiyasida bo‘lib o‘tgan edi. Uning sotuv chiqarilishi bilan bog‘liq ma'lumotlar esa endi oshkor etildi.