16:30 / 18.06.2015
1750

BMT: ochlik miqyosi ikki barobarga kamaydi

BMT oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) navbatdagi hisobotida Yevropa va O‘rta Osiyoda oziq-ovqat xavfsizligining ahvoli hamda ochlik muammolariga bag‘ishlandi. Hisobotda aks etgan ma'lumotlar bu borada bir qator o‘zgarishlar bo‘lganini va yangi tendensiyalar qayd qilinganini ko‘rsatib berdi.
Jumladan, hisobotda aks etgan birinchi galdagi xulosa 2015 ko‘rsatilgan mintaqalarda ochlik miqyosining ikki barobarga kamaygani bo‘ldi. Odamlarning ochlik darajasi 5 foizni tashkil qildi, bu bilan Yevrosiyo mintaqasi Mingyillik rivojlanish maqsadlarini FAOning besh mintaqasini tashkil qiluvchi besh qit'a ichida birinchi bo‘lib bajardi.
Ayni kunlarda mintaqada 6 mln kishi ochlikdan aziyat chekmoqda. 1990-1992 yillarda bu ko‘rsatkich 9.9 mln dollarga teng bo‘lgan edi.
Kambag‘allik miqyosining kamayishi ham ochlik muammosining osonlikcha hal qilinishi yo‘lidagi muhim omil bo‘lmoqda. Buning natijasida mintaqadagi ikkita davlatdan boshqa barchasida ochlik ko‘rsatkichlari 10 foizdan oshmaydi.
Dunyo miqyosida olganda esa, 2015 yilda ochlikdan aziyat chekayotganlar soni 795 mln kishini tashkil qilgan. Bu Yer yuzidagi har bir to‘qqizinchi inson degani. Shu bilan birga, ushbu son 1990-1992 yillardagi ko‘rsatkichlardan 216 mlnga kamroqdir.

Top