Jahon | 17:01 / 18.06.2015
3118
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyada peshonasida Minni Maus ramzli qashqasi bor buzoqcha yashamoqda

Buyuk Britaniyada peshonasida Minni Maus ramzli qashqasi bor buzoqcha boqilmoqda, deb yozadi The Daily Mail nashri.

Mamlakatdagi Norfolke hududida joylashgan Wildfowl & Wetlands Trust fermerlik markazi uning g‘aroyib qashqasi sabab disneyning mashg‘ur qahramoni nomi bilan atashga qaror qildi.

Minni – markazdagi qoramollar ichida ism qo‘yilgan ilk jonivor. U allaqachon suyukli qahramonga aylangan, deya alohida qayd etib o‘tadi gazeta. Firmada 600ta qoramol boqib kelinmoqda.

Ma'lumot o‘rnida ta'kidlab o‘tish joiz, Mikki Maks va uning o‘rtog‘i Minni Maus 1928 yilda Walt Disney Studios ga asos solishgandi. Keyinchalik ularning umumiy nomidan eng mashhur animatsion qahramon obrazi paydo bo‘lgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish