Jahon | 20:38 / 18.06.2015
1657
1 daqiqa o‘qiladi

Donal Tramp saylov tadbirlarini qo‘llab-quvvatlashga aktyorlarni jalb qildi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlardan biri tadbirkor va milliarder Donald Tramp o‘z nutqi davomida ko‘proq odam yig‘ish uchun aktyorlarni jalb qildi. Bu haqda The Hollywood Reporter nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, tadbirda ishtirok etganlarga 50 dollar taklif qilingan.

“Biz tadbirga bizning futbolkalarda kelib, Trampni qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘lgan odamlarni qidirmoqdamiz”, deyilmoqda tadbirga kelishi lozim deb topilgan nomzodlarga yuborilgan maktublarda.

Maktublar Tramp bilan o‘tgan yili ishlagan Gotham GR bilan hamkorlik qiluvchi Extra Mile nomidan yuborilgan. Gotham GR bu vaziyatga izoh bermaslikni ma'qul topdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish