11:06 / 18.06.2015
1306

"Galatasaroy" bosh murabbiyi jamoaga van Persi olib kelinishiga umid qilmoqda

"Galatasaroy" jamoasi bosh murabbiyi Hamza Hamzao‘glu "Manchester Yunayted" hujumchisi Robin van Persining transfer qilinishi imkoniyatlari borasida fikr bildirdi.

"Biz o‘z tarkibimizni kuchaytiradigan hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchimiz va muxlislarimizni xursand qilmoqchimiz. Hech bir murabbiy o‘z tarkibida van Persi saviyasidagi hujumchi bo‘lishidan bosh tortmaydi. Lekin biz uning transferi uchun haddan tashqari pul sarflay olmaymiz ham. Hozircha u bilan kelishuvga erishishimizdan umid qilyapman", deydi murabbiy.

Gollandiyalik ushbu 32 yoshli futbolchining "MYu" bilan amaldagi shartnomasi 2016 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Top