Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya parlamenti yangi bosh vazir nomzodini ma'qulladi
Janubiy Koreyaning Adliya vaziri Xvan Ge Ana mamlakat bosh vaziri lavozimiga ma'qullandi, deb xabar bermoqda “Renxap” axborot agentligi.
Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe tomonidan taklif qilingan Xvan Ge Ana nomzodini 156 nafar deputat qo‘llab-quvvatladi, 120 nafar deputat qarshi chiqdi, 2 kishi betaraf qoldi.
Janubiy Koreyaning sobiq bosh vaziri Li Van Gu korruptsion mojaro ortida may oyida iste'foga chiqarilgan edi.
Qayd etilishicha, mamlakatning yangi bosh vaziri Janubiy Koreyada 23 kishining hayotiga zomin bo‘lgan MERS virusi epidemiyasi bilan kurashishga boshchilik qilishi kutilmoqda.