Jahon | 11:01 / 18.06.2015
1626
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada MERS virusidan yana 3 kishi halok bo‘ldi

Janubiy Koreya sog‘liqni saqlash vazirligi MERS virusi bilan zararlanishning o‘lim bilan tugagan yana 3 holati haqida axborot berdi.
Renxap agentligining eslatib o‘tishicha, vafot etganlarning umumiy soni 23 kishini tashkil qildi.
Bundan tashqari, yana 3 kishi virusga chalingani aytildi. Shunday qilib, infeksiya yuqtirganlar soni 165 kishiga yetgan bo‘lib, ulardan 17 nafari og‘ir ahvolda.
Mamlakat bo‘yicha 6 729 kishi virusga chalinishda gumon qilinib, karantinga solingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish