15:50 / 18.06.2015
3781

Kolumbiya bilan o‘yindagi nojo‘ya harakati uchun Neymarga nisbatan qo‘llangan jazo muddati oshirildi

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar Amerika Kubogi-2015 turniridagi keyingi ikki o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
 
Braziliyaliklarning 23 yoshli sardori Kolumbiyaga qarshi kechgan uchrashuvning oxirida raqib hujumchisi Karlos Bakka bilan tortishuv tufayli qizil kartochkaga loyiq ko‘rilgandi. Bu vaziyatda Neymar hakam o‘yin yakunlangani haqida hushtak chalgach, to‘pni raqib himoyachisi Pablo Armeroga qarata qasddan tepgan va uni himoya qilish maqsadida yetib kelgan Bakka bilan dahanaki jangga kirishgan. Avvaliga unga nisbatan 1 o‘yindan iborat diskvalifikatsiya tayinlangandi.
 
Endilikda, Neymar Braziliya terma jamoasining Venesuelaga qarshi 3 tur o‘yinini o‘tkazib yuboradi. Jamoa keyingi bosqichga chiqadigan bo‘lsa, o‘sha o‘yinda ham Neymarsiz harakat qiladi.
Top