Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kolumbiyada isyonchilar mamlakat shimolidagi yirik neft quvurini portlatib yubordi
“Kolumbiya inqilobiy qurolli kuchlari” isyonchi guruhi jangarilari mamlakatda muhimligi bo‘yicha 2-raqamli “Kano Limon-Kovenas” neft quvurini portlatib yubordi, deb xabar bermoqda g‘arb OAVlari.
“Kolumbiya inqilobiy qurolli kuchlari qo‘lbola portlovchi qurilmalardan foydalanib, Norte-de-Santander departamentida neft oqimini to‘xtatib qo‘ydi. Portlash oqibatida quvurdan qancha neft oqib ketgani noma'lum qolmoqda. Ayni paytda mahalliy hokimiyat neft yerosti suvlariga tushmasligi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.
Kolumbiya armiyasi bilan Kolumbiya inqilobiy qurolli kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar isyonchilar tinchlikka amal qilishdan bosh tortganlaridan keyin yana qayta boshlanib ketdi.