Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziyalik harbiylar tankerni olib qochgan qaroqchilar bilan muzokara boshladi
Malayziya harbiy kemasi qaroqchilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan Malayziya bayrog‘i ostida suzuvchi Orkim Harmony tankeriga yaqinlashib, qaroqchilarni taslim bo‘lishga undamoqda. Bu haqda dengiz politsiyasi vakillariga iqtibos keltirgan holda 18 iyun kuni Malayziya OAVlarida xabar berildi.
“Kemadagi jamoa ham, yuk ham beshikast qolmoqda, dengiz qaroqchilari bilan olib borilayotgan muzokaralar o‘zining avj nuqtasiga chiqqan”, deb xabar berdilar Kuala-Lumpurdagi matbuot-anjumanida dengiz politsiyasi vakillari.
Malayziya Harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni Abdulaziz Jafar tvitterda kema bortida to‘pponcha va machetelar (qilich ko‘rinishidagi uzun pichoq) bilan qurollangan holda 8 nafar qaroqchi borligini ma'lum qildi.
Bir hafta avval Janubiy Xitoy dengizida yo‘qolib qolgan benzin ortilgan ushbu tanker 18 iyun kuni Kamboja sohillari yaqinida topildi.
Xalqaro dengiz byurosi Janubiy-sharqiy Osiyo sohiliga yaqin dengiz hududlari qaroqchilar tomonidan bosqinchiliklar tufayli savdo kemalari uchun xavfli ko‘rinish olgani haqida ogohlantirgan edi.
Janubiy-sharqiy Osiyo suvlarida 2015 yilning yanvar-mart oylari kemalarning qaroqchilar tomonidan bosib olinishining 38 ta holati rasman qayd etilgan, bu ko‘rsatkich dunyo okeani bo‘ylab sodir etiladigan bunday boskinchiliklarning 70 foiziga to‘g‘ri keladi.