17:51 / 18.06.2015
1510

"Manchester Siti" Jyek Uilshirni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirdi

"Manchester Siti" jamoasi o‘z tarkibidagi ingliz futbolchilar ulushini mustahkamlash maqsadida biroz oldin jamoni tark etgan Jyeyms Milner o‘rniga "Arsenal" futbolchisi Jyek Uilsherni olib kelmoqchi.

O‘z navbatida londonliklar bosh murabbiyi Arsen Venger ham tez-tez jarohat oladigan bu futbolchini yetarli miqdordagi mablag‘ evaziga qo‘yib yuborishga qarshi emasligini bildirgan.

Yakunlangan mavsumda Uilshir "Arsenal" safida 14ta o‘yin o‘tkazdi va ularning atigi to‘qqiztasida asosiy tarkibda maydonga tushib, atigi ikkita gol urdi.

Futbolchining o‘zi jamoani tark etishni istamasligini takrorlamoqda.

Qayd etish joizki, "Manchester Siti" ayni vaqtda "Liverpul" tarkibidagi yana biri angliyalik yosh futbolchi bo‘lmish Rahim Sterlingni sotib olishga harakat qilmoqda. Agar bu xarid amalga oshmasa, jamoa bor e'tiborini Uilshirga qaratishi mumkin.

Top