Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada homilador ayol metro stansiyasida bola dunyoga keltirdi
Moskva metrosining “Kuzminki” stansiyasida homilador ayol ko‘zi yoridi, deb xabar bermoqda “Moskva” shahar yangiliklari agentligi.
Bu voqea 15 iyunda sodir bo‘ldi. Tug‘ruqni nazoratchilar Tamara Yermakova va Olga Tereshuk qabul qildilar.
“Bola tez tibbiy yordam kelguncha “Kuzminki” metro stansiyasi xodimlari dam oladigan xonada tug‘ildi. Ayol qiz farzand ko‘rdi. Aniqlanishicha, ayol uchinchi bor ona baxtiga muyassar bo‘ldi. Ayolning turmush o‘rtog‘i metro xodimlari va politsiya bilan birgalikda uning tug‘ishini tashqarida kutib turishdi”, deb xabar berilmoqda.
“Tez tibbiy yordam” mashinasi tug‘ruqdan 20 daqiqa o‘tib yetib keldi. Ayol va chaqaloq tug‘ruqxonaga yaxshi ahvolda yetkazildi.