Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 07:48 / 18.06.2015
4573
1 daqiqa o‘qiladi
NATOda Rossiya mas'uliyatsiz yadroviy davlat deb ataldi
NATOning Yevropadagi kuchlari bosh qo‘mondoni Filip Bridlav Rossiya o‘zini mas'uliyatsiz yadroviy davlatdek tutayotganini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
“Bu mas'uliyatli yadroviy davlatning xatti-harakatiga xos emas”, deb aytdi Bridlav.
NATOda shu tariqa Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Rossiya yadroviy kuchlari tarkibiga 40dan ko‘proq qit'alararo ballistik raketalar kirishi haqidagi gapiga izoh berib o‘tildi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish