16:39 / 18.06.2015
2442

Omsk viloyati hududida nosvoy bilan qo‘lga tushgan o‘zbekistonliklar jarimaga tortiladi

Joriy yilning may oyi so‘nggida Rossiya federal xavfsizlik xizmatining Omsk viloyati chegara boshqarmasi O‘zbekistondan kelayotgan avtobusni tekshiruvdan o‘tkazish jarayonida Rossiya hududida taqiqlangan tamaki mahsulotlari borligi aniqlangan, deb yozmoqda «Vecherniy Omsk» nashri.

Manbada qayd etilishicha, yo‘lovchi tashuvchi avtobusning yukxonasi tekshiruvdan o‘tkazilganda, 18ta yo‘lovchiga tegishli bo‘lgan jami 21 kg. nos mahsuloti borligini aniqlangan va musodara qilingan.

Mazkur ish yuzasidan taqiqlangan va deklaratsiyasiga kiritilmagan tovarlarni olib kirishga uringani uchun ma'muriy javobgarlik bo‘yicha ish ochilgan. Hozirda har bir nosvoy olib o‘tmoqchi bo‘lgan yo‘lovchini 2,5 ming rubl miqdorida jarima kutmoqda.

Top