17:39 / 18.06.2015
7972

O‘zbekiston iqtisodiyoti dunyoning eng tez o‘sayotgan besh iqtisodiyoti qatorida

O‘zbekiston iqtisodiyoti dunyoning eng tez o‘sayotgan iqtisodiyotlari ro‘yxatida beshinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Jahon iqtisodiyot forumining hisobotida ma'lum qilindi.
Hujjatda aks etgan ma'lumotlarga qaraganda, O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 2015 yili 7.6, 2017 yili 8 foizni tashkil qiladi.
Reytingga 13 davlat kiritilgan. Birinchi o‘rinni Efiopiya egallagan. Shuningdek, ro‘yxatdan Turkmaniston, Kongo, Hindiston, Birma, Butan, Tanzaniya, Xitoy singari davlatlar o‘rin olgan.

Top