Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik yosh dzyudochilar xalqaro musobaqada 47 ta medal qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallashdi
Chirchiq Olimpiya zaxiralari kollejida dzyudo bo‘yicha sport ustasi Uchqun Murodovning xotirasiga bag‘ishlangan yoshlar va kadetlar o‘rtasida XXI “Osiyo ochiq kubogi” xalqaro musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi.
O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan 114 nafar yosh dzyudchi 16 vazn toifasida nafaqat ushbu musobaqada muvaffaqiyat qozonish, balki 2018 yilda yoshlar o‘rtasidagi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun reyting ballarini qo‘lga kiritish uchun bellashdil.
Dzyudo muxlislari o‘tgan yildan boshlab ushbu xotira musobaqasi Dzyudo xalqaro federatsiyasining rasmiy musobaqalar jadvaliga kiritilganidan boxabarlar.
Musobaqada kadetlar o‘rtasida medallar hisobotida eng ko‘p medalni O‘zbekiston jamoasi qo‘lga kiritdi: 11 ta oltin, 12 ta kumush va 24 ta bronza medal. Tojikiston jamoasi 4 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medal bilan 2-o‘rinni, 3-o‘rinni 1 ta oltin, 2 ta kumush medal bilan Qozog‘iston, 4-o‘rinni 1 ta kumush va 1 ta bronza medal bilan Qirg‘iziston dzyudochilari qo‘lga kiritdi.