Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polina Gagarinaning Toshkentdagi konserti tashkilotchilari jazolanadi
2015 yilning 28 fevral kuni Eldorado Production MChJ tomonidan Toshkentdagi “Istiqlol” san'at saroyida rossiyalik xonanda Polina Gagarinaning konsert dasturi tashkil etilgan edi. Kontsert e'lonida barcha qo‘shiqlar jonli kuylanishi aytilganiga qaramay, qo‘shiqlarning asosiy qismi fonogrammada ijro etilgan.
Bu holat Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan taftish qilingan. Qo‘mitaning reklama faoliyati va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi Abdurahmon Raupovning bergan ma'lumotlariga qaraganda, taftish natijalariga ko‘ra Eldorado Production reklama mahsulotlarida noto‘g‘ri axborot tarqatishda ayblanmoqda. Voqea yuzasidan ma'muriy ish ochilgan.