Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadagi Armiya-2015 forumida internetga ulangan Kalashnikov avtomati ko‘rsatildi
O‘qotar qurolga qo‘shimcha uskunalar tayyorlovchi Red Heat kompaniyasi Armiya-2015 Xalqaro harbiy-texnik forumida Kalashnikov avtomatiga mo‘ljallangan IoT-uskunani namoyish etdi.
Ferra.ru portalining xabar berishicha, onlayn-modul Internet of Things texnologiyasi bo‘yicha ishlaydi. U GPS va GLONASS texnologiyalari bilan uyg‘unlasha oladi, simsiz fuqarolik tarmoqlari orqali axborot uzata oladi.
Datchik harbiy xizmatchining xatti-harakatlarini, qurolning ahvolini, o‘q-dori xarajatini kuzatish, statistik ma'lumotlar to‘plash va jang olib borishni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar olish imkonini beradi.