08:49 / 18.06.2015
2064

Serxio Aguero Messini "Manchester Siti"ga chorlashni bas qildi

Serxio Aguero o‘z vatandoshi va Argentina terma jamoasidagi sherigi Lionel Messidan "Manchester Siti"ga o‘tishini so‘rashni bas qildi.

"Men Leoning "Manchester Siti" bilan shartnoma tuzishi uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qildim. Agar uni rozi qila olganimda bu aqlbovar qilmas ish bo‘lardi. Ammo Messi "Barselona"ga sodiq qoldi.

Men u bilan bu haqda bir necha marta gaplashdim. Ammo endi boshqa bu ishga qaytmaymiz. Messi "Barselona"dan boshqa jamoaga o‘tmaydi", deydi Aguero.

Top