09:47 / 18.06.2015
2665

Sharliz Teron Shon Pen bilan turmush qurmaydigan bo‘ldi

Gollivud aktyorlari Sharliz Teron va Shon Pen o‘rtasida tuzilishi kutilayotgan nikoh bekor qilindi. Bu haqda US Weekly nashrida yozilgan.

Manbaning aniqlashicha, bu juftlik o‘rtasida 1,5 yillik ishqiy munosabatlar 2015 yilning avgustida nikoh bilan yakunlanishi kutilayotgandi.

Qayd etilishicha, 54 yoshli aktyor Shon Pen 30 yoshli boshqa aktrisa bilan uchrash boshlagani tufayli tomonlar ajralishgan.

Bu haqda oxirgi marta o‘tkazilgan Kann kinofestivalidan keyin ma'lum bo‘lgan.

Top