13:12 / 18.06.2015
4025

Sirdaryo viloyatida dinozavr qoldiqlari topildi

Sirdaryo viloyatida uy tagidan mezozoy davriga tegishli dinozavr qoldiqlari topildi.

Geografiya o‘qituvchisi Muhayyo Mirzaliyevaning oilasi o‘zining eski uyini ta'mirlayotgan paytda uy tagidan noma'lum hayvonning yaxshi saqlanib qolgan suyaklari topildi.

Muhayyo Mirzaliyeva noma'lum jonzotning suyaklarini ohistalik bilan yig‘ishtirib oldi va suyaklarni viloyat o‘lkashunoslik muzeyiga topshirdi.

Muzey xodimlari suyaklarni tiklagach, uni olim Boymirza O‘roqovga ko‘rsatganlarida, olim bu suyaklar mezozoy erasining trias davriga mansub sut emizuvchi hayvonga tegishli ekanligi haqida xulosa chiqardi.

Shu tariqa 100 millionlab yil avval bu hududlarda dinozavrlar yashagani ma'lum bo‘ldi.

“Suyaklarni arxeolog olimlar tomonidan batafsil o‘rganish rejalashtirilgan. Bu nafaqat muzey uchun, balki butun viloyatimiz uchun katta voqea bo‘ldi”, deb aytdi o‘lkashunoslik muzeyi direktori Zokir Xoldarov.

Top