Jahon | 19:57 / 18.06.2015
3131
2 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkor Tinkov “oddiy xonanda”ning o‘limiga matbuot tomonidan katta e'tibor berilayotganidan noroziligini bildirdi

Tadbirkor Oleg Tinkov artistlarning o‘limiga matbuot tomonidan katta e'tibor berilayotganidan noroziligini bildirdi. Bu haqda u feysbukdagi sahifasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“12 iyunda prezident hukumat mukofotlari bilan nafaqat artist yoki akademiklarni, balki ishbilarmonlarni ham taqdirlashi kerak. “Yandeks”ning yosh va buyuk ixtirochisi hamda insonlarning hayotini yaxshilagan Ilya Segalovichning saratondan vafot etishi ham hozirda oddiy, o‘rtamiyona qo‘shiqchi va artistkaning o‘limi kabi barcha davlat kanallarida uch kun mobaynida shunday baralla muhokama etilsin”, deb yozmoqda Tinkov.

Tinkov “oddiy, o‘rtamiyona qo‘shiqchi va artistka” deb 16 iyunda 41 yoshida bosh miya saratonidan vafot etgan qo‘shiqchi Janna Friskeni nazarda tutmoqda. Olamdan ko‘z yumgan xonanda bilan vidolashgani 17 iyun kuni “Krokus Siti Xoll”ga kamida 3 ming kishi keldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish