O‘zbekiston | 13:58 / 18.06.2015
8546
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkendagi tibbiyot kollejining 140 nafar bitiruvchisi diplom olmadi

Toshkentdagi tibbiyot kasb-hunar kollejlaridan birining 140 nafar bitiruvchisi diplomlarini ololmadi. Bu haqda “Na postu” gazetasida yozildi.
Tergov ma'lumotlariga qaraganda, O‘zbekistonning turli burchaklaridan tashrif buyurgan o‘quvchilar test sinovlaridan o‘ta olmagan. Shunda direktor hamda o‘qituvchilardan biri ulardan pul olib, o‘qishga qabul qilish haqida soxta hujjatlar tayyorlagan. 140 kishidan jami 30 mln so‘m to‘plangan.
O‘quvchilarning ism-shariflari buyruqda ham, jurnallarda ham, boshqa hujjatlarda ham bo‘lmagan. Shunga qaramay, ular, o‘zlarini kollejning haqiqiy o‘quvchilari deb hisoblab, uch yil davomida mashg‘ulotlarga muntazam ravishda qatnagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish