Jahon | 19:07 / 18.06.2015
1724
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainaning Gruziyadagi elchisi iste'foga chiqarildi

Ukrainaning Gruziyadagi elchisi Vasiliy Tsibenko lavozimidan olindi. Bu haqda Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning rasmiy saytida chop etilgan buyruqda aytilmoqda.

Bu lavozimda Tsibenkoning o‘rnini kim egallashi hozircha ma'lum qilinmadi.

Avvalroq Poroshenko Ukraina Oliy radasiga Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Valentin Nalivaychenkoning o‘z lavozimidan bo‘shatilishi haqidagi qarorni ko‘rib chiqish uchun kiritgani ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish