Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:58 / 18.06.2015
2552
1 daqiqa o‘qiladi
VTB rahbari Fransiyada Rossiya davlat hisoblarining muzlatib qo‘yilgani haqida gapirdi
VTB banki rahbari Andrey Kostin Fransiyada Rossiyaning hisoblari, shu jumladan, davlat hisoblari ham hibs qilingani haqida aytib berdi. Gap Rossiya kompaniyalari va diplomatik missiyalari hisoblarining VTBning Fransiyadagi bo‘linmasida muzlatib qo‘yilishi haqida ketmoqda.
“Ertasiga muzlatish bekor qilindi, ammo shunday muammo bo‘lgan. Raqamlar uncha katta emas, bir necha o‘n ming yevroga teng. Biz bu muammoni huquqshunoslar bilan hal qilganmiz”, – uning so‘zlarini keltiradi RBK nashri.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish