Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yozef Blatter AQShning sobiq prokurorini o‘ziga advokat sifatida yolladi
FIFA prezidenti Yozef Blatter FIFAdagi korrupsiya ishi bo‘yicha AQShning sobiq prokurori Richard Kallenni o‘ziga advokat sifatida yolladi.
FIFA bosh kotibi Jyerom Valke ham o‘ziga advokat sifatida AQShda taniqli bo‘lgan huquqshunos Barri Berkeni yollagan.
FIFA tarixidagi yirik mojaro 27 mayda Tsyurixda tashkilotning 7 nafar yuqori lavozimli amaldorlari korrupsiyada gumon qilinib, qo‘lga olinganlaridan keyin avj oldi. Ularga ayblovlar qo‘yish uchun ularning AQShga ekstraditsiya qilinishi taxmin qilinmoqda. Shu bilan bir vaqtda Shveytsariya politsiyasi 2010, 2018 va 2022 yillardagi jahon chempionatlari mezbonlarini aniqlash saylovlari paytida pul yuvganlikka aloqador bo‘lgan bir guruh shaxslarga nisbatan ham jinoiy ish qo‘zg‘atgan.
Shuningdek, sud qarori bilan korrupsiya ishida ayblanayotgan Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMeBOL)ning sobiq prezidenti 86 yoshli Nikolas Leos (tashkilotga 1986-2013 yillar boshchilik qilgan) ham uy qamog‘ida saqlanmoqda. U Interpol tomonidan qidiruvga berilgan va AQShning so‘rovi bilan u yerga ekstraditsiya qilinishi mumkin.