16:27 / 18.06.2015
1777

Yuriy Syomin "Anji" jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlandi

Maxachqal'aning "Anji" jamoasi Yuriy Syominni yangi bosh murabbiy sifatida e'lon qildi.
 
Jamoaning tvitterdagi rasmiy akkauntida yozilishicha, bu mutaxassis bilan "1+1" ko‘rinishida shartnoma imzolangan.
 
Syomin o‘tgan mavsumda "Mordoviya" jamoasining murabbiylar shtabida ishladi va jamoa bilan chempionatda sakkiznchi o‘rinni egalladi.
 
Bu murabbiy o‘z vaqtida Moskvaning “Lokomotiv”, “Dinamo”, Kiyevning “Dinamo”, Ozarbayjonning “Gabala” hamda Rossiya terma jamoasida ishlagan. 
Top