Texnologiya | 23:40 / 19.06.2015
2103
1 daqiqa o‘qiladi

Apple iPad mini I planshetini sotuvdan olib tashladi

Apple kompaniyasi birinchi avlod iPad mini plansheti sotuvini to‘xtatdi. Kompaniya internet do‘konidagi planshet turgan sahifa olib tashlandi.

Planshet butunlay sotuvdan olib tashlanmaydi. Uni ombordagi zaxirasi tugagunga qadar sotib olish mumkin bo‘ladi. Bundan so‘ng yangi iPad sotib olmoqchi bo‘lgan insonlar iPad Air, iPad Air 2, iPad mini 2 va iPad mini 3 planshetlaridan birini tanlashga to‘g‘ri keladi.

iPad mini I 2012 yilning oktabrida taqdim etilgan hamda bugungi kunga qadar eng arzon iPad hisoblanib kelgan edi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish