Jahon | 09:31 / 19.06.2015
7985
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Rossiyaga Sharqiy Ukrainadagi xatti-harakatlar oqibati yomon bo‘lishini eslatib qo‘ydi

Agar tan olinmagan “Donetsk respublikasi” qo‘shinlari hujumga o‘tsa, AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytiradi. Bu haqda AQSh Davlat departamentining rasmiy vakili Jon Kirbiga tayangan holda Associated Press agentligi xabar bermoqda.

“Yaqinda Donetskda va Mariupolda Ukraina kuchlariga Minsk kelishuvlari bilan man qilingan og‘ir qurollar bilan hujum uyushtirildi. Rossiya bu xatti-harakatlar uchun javobgardir”, – ta'kidlab o‘tdi Kirbi.

Uning aytishicha, ayirmachilar tomonidan yangi hududlarning egallanishi rasmiy Moskvaning javobgarligini yanada kuchaytiradi.

Shuningdek, rasmiy vakil sanksiyalar yana yarim yilga uzaytirilishi haqidagi xabarga iliq baho berdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish