Jahon | 06:31 / 19.06.2015
1575
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Senati Ukrainaga 300 mln dollarlik harbiy ko‘mak ajratishni ma'qulladi

AQSh Senati Oq uyning e'tiroziga qaramasdan, harbiy byudjyetga 620 mlrd dollarlik tuzatishlarni ma'qulladi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, tuzatishlar uchun 75 senator ovoz berdi, 25 senator qarshi chiqdi. Yangilangan qonun loyihasida Ukrainaga 300 mln dollarlik harbiy ko‘mak ko‘rsatish ko‘zda tutilgan hamda AQSh prezidentining Guantanamodagi qamoqni yopish istagini qiyinlashtiradi.

Obama, o‘z navbatida, bu qonun loyihasiga taqiqlov qo‘yishini ma'lum qildi.

Avvalroq AQSh kongressi harbiy byudjyet qonun loyihasiga Ukrainaga qurol-aslaha yetkazib berilishi ko‘zda tutiladigan tuzatishlar kiritgani ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish