12:00 / 19.06.2015
1928

Bosh prokuror o‘rinbosari: Qozog‘istonda keragidan ortiq huquqshunos bor

Qozog‘istonda keragidan ortiq huquqshunos bor. Buni mamlakat bosh prokurori o‘rinbosari Andrey Kravchenko “Qozog‘iston Respublikasida yuridik kadrlarni tayyorlashning ahvoli haqida” birinchi respublika forumi chog‘ida ta'kidlab o‘tdi.

“Men bizda hammasi yaxshi demayman. Muammolar haqida gaplashishni taklif qilaman”, – deb so‘zini boshladi amaldor.

O‘z chiqishida Kravchenko yuridik kadrlar tayyorlashdagi muammolar mamlakatning butun ta'lim tizimiga xos kamchiliklardan holi emasligini aytib o‘tdi. Ayni kunlarda mamlakatda 473 mingdan ortiq talaba bo‘lishiga qaramay, tekshirilgan xususiy oliygohlarning 75 foizi standartlarga rioya qilmaydi. Yetuk mutaxassislarning 60 foizidan ko‘prog‘i ikki va undan ortiq oliygohda mehnat qilib kelmoqda.
Xususiy universitetlarning moddiy-texnik bazasi juda zaif bo‘lganligi bois u yerda pul muammolari kelib chiqadi, bu mutaxassislarning ikki va undan ortiq joyda ishlashiga, korrupsiya faktlarining kelib chiqishiga olib keladi.

“Shunday vaziyat yuzaga kelganki, oliygohlarga pul, talabalarga esa diplom kerak. Ta'lim sifati va bilimlar ikkinchi darajaga o‘tib qolmoqda”, – so‘zini yakunladi Kravchenko.

Top