Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyadagi Vestminster saroyi ta'mirlash ishlari 32 yilga cho‘zilishi mumkin
Buyuk Britaniya parlamenti yig‘ilishlari o‘tadigan Vestminster saroyida ta'mirlash ishlari bo‘sh binoda o‘tkazilsa 6 yil yoki parlament a'zolari uni tark etishdan bosh tortsalar 32 yilga cho‘zilishi mumkin.
Ta'mirlash ishlari birinchi holda, ya'ni bino bo‘sh bo‘lganda 3,5–3,9 mlrd funt sterlingni yoki ikkinchi holda 5,7 mlrd funt sterlingni tashkil qilishi aytilmoqda. Shuningdek, binoning avval bir qismi, keyin ikkinchi qismi ta'mirlanishi varianti ham qaralmoqda.
Parlament saroy qachon ta'mirlanishi haqidagi qarorni yaqin yillarda qabul qiladi.