08:05 / 19.06.2015
1330

"Chelsi" va "Arsenal" Chex borasidagi muzokaralarning yakuniy bosqichida turibdi

"Chelsi"ning chexiyalik darvozaboni Piter Chex "Arsenal" jamoasi murabbiyidan to‘la qanoatlantiruvchi taklif olgan. Ikki jamoa o‘rtasida bu futbolchining transferi borasidagi muzokaralar natijasi tez vaqt ichida e'lon qilinishi kutilmoqda.

Ayni vaqtdagi xabarlarda bu transfer summasi 10 mln funt sterlingni tashkil qilishi aytilmoqda.

Arsen Venger Chexni "Arsenal"ning asosiy darvozaboniga aylantirmoqchi.

O‘z navbatida, "Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourino Chexning "Arsenal" tarkibini kuchaytirishi mumkinligidan norozi bo‘lgan. Rahbariyat esa bu masala hal qilib bo‘linganini, tez orada transfer haqida rasman e'lon qilinishini aytgan.

Top