Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:22 / 19.06.2015
1204
1 daqiqa o‘qiladi
Daniyadagi parlament saylovlarida konservator muxolifat g‘alaba qozongani oydinlashmoqda
Daniyadagi parlament saylovlarining natijalari mamlakatning Yevropa materigida joylashgan hududi bo‘yicha hisoblab chiqilganida Lars Lyokke Rasmusse boshchiligidagi muxolif konservatorlar partiyasi g‘alaba qozongani ma'lum bo‘ldi.
Ayni vaqtda Daniya qirolligi tarkibidagi Grenlandiya, Farer orollari va boshqa avtonom hududlardagi natijalar aniqlanmagan.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, konservatorlar parlamentda 90 o‘ringa ega bo‘lishadi.
Amaldagi bosh vazir Xelle Torning-Shmittning So‘l-markaziy koalitsiyasiga esa 85 o‘rin tegadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish