Fan-texnika | 19:14 / 19.06.2015
4523
5 daqiqa o‘qiladi

EA – videoo‘yinlar yaratuvchi kompaniyani "shaharcha"si

Byornabi — Vankuver sharqida joylashgan shahar yaqinidagi hudud. Bu yerning maydoni 37 ming kvadrat metrni (5 futbol maydoni) tashkil etadi. Hududda butun dunyo uning video o‘yinlarini sevib o‘ynaydigan Electronic Arts kompaniyasi joylashgan.

EA Nad korporativ kampusining arxitekturasi bilan Vankuverdagi xiyobonlarning landshafti va arxitekturasi, shahar maydonlari, ko‘rgazma joylari, ofis markazlarini tashkil etgan arxitektura byurosi PWL shug‘ullangan. Kompus loyihasining asosiy maqsadi — hamkorlarga qulaylik yaratish va bu yerda texnologiya va ekologiya uyg‘unligini yaratishdan iborat bo‘lgan.

Bugun bu kompusda FIFA simulyatorini shakllantirishda ishtirok etuvchi minglab kishi faoliyat olib boradi. Kompusga  Highsnobiety jurnali uchun maxsus kelgan fotograf Jyeremi Li bu yerdan ajoyib kadrlar bilan qaytdi. Quyida bunga o‘zingiz ham guvoh bo‘lishingiz mumkin.

Kompusning eng katta hududi EA Sports o‘yinlarini hayotiyligini ta'minlovchi Capture Lab ishchi guruhiga ajratilingan.

Guruhda 25 nafar kishi faoliyat olib boradi. U joylashgan hududni ishga tayyorlash uchun bir kun vaqt ketadi. Aytish mumkinki, bu yerning kattaligidan unga bemalol “Boing-737” sig‘ib ketadi.

Obekt barcha sport turlarini shakllantirishi mumkin, shunchaki pol va poyafzallar almashtirilsa bo‘lgani.

O‘z vaqtida laboratoriya bu ko‘rinishda universal emasdi, shu bois bo‘lsa kerak,o‘rnini tez-tez almashtirib turishga majbur bo‘lardi. Yuk mashinalariga zarur uskunalarni ortib, kerakli joyga borishar va u yerda haftalab qolib ketishardi. Shundan so‘nggina studiyaga qaytishardi. Hozir bunday ovoragarchilik yo‘q. Faqatgina yulduzlar ortidan qayoqqadir borishni aytmasa, ular Vankuverdan chiqmay,barcha ishlarni qoyillatishadi.

Har tong ish jarayoni 140 ga yaqin kamerani tayyorlashdan boshlanadi.

Direktor va uning yordamchilari maydonchadagi o‘nlab monitorni va yana shuncha loyiha ekranini kuzatib borishadi.

Maydonda harakat qiluvchilar oq marker bilan bo‘yalgan to‘q rangdagi kiyimli va poyafzalli nusxalar bo‘ladi.

Kamera atrofida joylashtirilgan yorug‘lik lampalari markerlarda aks etadi, kameralar tasvirga olishni boshlaydi va direktor monitorida model tasviri paydo bo‘ladi. Ish hajmini tasavvur qilish uchun: basketboldagi jarima uzatishini amalga oshirish uchun tanaffussiz 25 daqiqa yozishga to‘g‘ri keladi.

Capture Lab xodimlarining yana bir muhim vazifasi – o‘yin uchun obraz yaratish maqsadida lozim bo‘lgan materiallar to‘plash. Shu maqsadda sportchining bosh qismi turli taraflardan suratga tushiriladi. Jarayon besh daqiqa davom etadi. Aynan shu bois ham guruh safarga chiqish zarurati bo‘lib qolganda kerakli asbob-uskunlarni doim shay holatga keltirib qo‘yadi.

“Sosiska tayyorlaysizmi yoki videoo‘yin, har qanday holatda ham yaxshi natijaga olib boruvchi retsept bo‘ladi, – deb hisoblaydi studiya rejissyori Jo Nikolls. – Ishimiz tort pishirishga o‘xshaydi. Shunchaki tortimiz million dollar turadi, xolos”.

EA kompusini ishlash uchun qulay joy, deb ta'riflash biroz kamtoranadek tuyuladi. Chunki bu yerda xodimlar istalgan paytda hordiq chiqarishlari uchun kafe, dam olish hududi, o‘yinlar zali (pristavkalar, bilyard, stol tennisi), to‘liq o‘lchamli kinoteatr, kutubxona, fitnes-markaz, massaj xonalari, yoga, futbol, basketbol va voleybol uchun maydonchalar mavjud.

Ish jarayonlari yakunida bu yerga sartaroshlar kelishadi. Chunki xodimlarning soch-soqollarini qirtishlashga yoki vaqtlari bo‘lmaydi yoki xohishlari. Buni inobatga olgan rahbarlar sartaroshlarni kompusning o‘ziga keltirishadi. Bu xali hammasi emas. Ulardan tashqari fizioterapevtlar tashrif buyurishadi, ximchistka va avtomoyka – bularning bari xodimlar xizmatida bo‘lishadi. Kun davomida itingizga mehribonchilik ko‘rsatiladi, bu xizmatdan ellikka yaqin xodim foydalanadi. 

“Ish hamda shaxsiy hayot chegarasibu yerda yoki uyg‘unlashib ketgan yoki umuman yo‘q”, – deydi kunini EA xodimlari bilan o‘tkazgan The Vancouver Sun.